05 avg 15:40
Yangiliklar
Tennis
Canadian Open. Vinus Uilyamsdan o'tgan Kamilla Raximova dunyoning 36-raketkasini ham taslim etdi
O'zbekistonlik tennischi Kamilla Raximova Kanadaning Toronto shahrida o'tayotgan National Bank Open Presented by Rogers (WTA 1000) musobaqasining uchinchi bosqichiga chiqdi.
Ikkinchi davrada Kamilla tajribali chexiyalik tennischi Katerina Sinyakovani 6:7(1), 6:0, 5:2 hisobida mag'lub etdi. Raqib uchrashuvni davom ettira olmagani sababli g'alaba Raximova hisobiga yozildi.
Sinyakova — WTA turining eng tajribali tennischilaridan biri. U juftlik bahslarida sobiq dunyo birinchi raketkasi, ko'p karra “Katta dubulg'a” chempioni hisoblanadi. Hozirda esa yakkalik reytingida 36-o'rinni egallab turibdi.
Dunyo reytingida 83-pog'onada borayotgan Kamillaning uchinchi bosqichdagi raqibasi bugun aniq bo'ladi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar