So’nggi yangiliklar

12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0

15 avg 13:17
Yangiliklar

Boks/MMA

Carukyan Ruffi bilan ilk ko'z urishtirish marosimini o'tkazdi: "Uning ko'zlarida qo'rquvni his qildim"

Arman Carukyan Los-Anjelesdagi UFC 331 turnirida Maurisio Ruffi ustidan qozoniladigan ehtimoliy g'alaba unga chempionlik imkoniyatini kafolatlamasligini yaxshi biladi.

"Bu sportda hech narsa kafolatlanmagan. Har doim tayyor bo'lish va istalgan raqibni mag'lub etish kerak. Agar menga yana bir jang berishsa – yutaman. O'nta berishsa – o'ntasini ham yutaman. Va oxir-oqibat, men baribir chempion bo'laman", – dedi rossiyalik jangchi MMA Fighting nashriga bergan intervyusida.

Carukyan navbatdagi jangi chempionlik uchun bo'lishini kutgan edi, biroq Jastin Getji sensacion tarzda Iliya Topuriyani mag'lub etib, chempionlik kamarini qo'lga kiritgach, joriy yilda oktagonga qaytmasligini ochiq aytdi. SHu sababli Arman bekor qolmaslik uchun jangni qabul qilishga rozi bo'ldi.

"Men chempionlik jangini kutayotgan edim, lekin Getji bu yil jang qilishni istamayapti. SHuning uchun menga deyarli o'zimning uyim hisoblangan Los-Anjelesda chiqish qilish imkoniyatini berishdi va men rozi bo'ldim. Menga Oliveyrani taklif qilishdi – men "ha" dedim. Afsuski, u do'sti bilan bog'liq vaziyat tufayli jangdan chiqib ketdi, lekin Ruffi ham ajoyib raqib. Kurashchi zarbachiga qarshi. O'ylaymanki, muxlislarga bu jang yoqadi va men ham uni intiqlik bilan kutyapman!, – deya qo'shimcha qildi top-engil vaznli jangchi.

Uzoq tanaffusga qaramay, Carukyan bekor o'tirmadi: u Real American Freestyle (RAF) ligasida va turli greppling musobaqalarida faol ishtirok etdi. Biroq UFC engil vazn toifasida chempionlik kamarini qo'lga kiritgach, u oktagondagi chiqishlariga diqqatini qaratmoqchi.

"Umid qilamanki, UFC`da faol jang qilaman. CHempion bo'lganingda, imkon qadar tez-tez jang qilishing mumkin. Aynan shuning uchun ham chempion bo'lishni istayman – doimiy jang qilish uchun. Men yoshman va ochman. Qolaversa, engil vazn uchun unchalik katta emasman. Men bemalol vazn tashlab, yiliga kamida uch marta jang qila olaman", – deb xulosa qildi Carukyan.

SHuningdek, rossiya-armanistonlik jangchi Filadelfiyada bo'lib o'tgan braziliyalik raqibi bilan ilk ko'z urishtirish (face to face) marosimi taassurotlari bilan ham o'rtoqlashdi.

"Birinchi ko'z urishtirish marosimi yaxshi o'tdi. Uning ko'zlarida qo'rquvni his qilyapman. SHunday ekan, UFC 331 bizning oqshomimiz bo'ladi!", – dedi Carukyan.

Malumot uchun, UFC 331 turniri 19 sentyabr kuni Los-Anjeles shahrida bo'lib o'tadi va bu engil vaznlilarning besh raundlik jangi turnirning ikkinchi asosiy voqeasi bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing