11 jan 08:25
Yangiliklar
Carukyan UFC 324 turnirining asosiy jangini sug'urtalamaydi
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasining so'zlariga ko'ra, tashkilot rahbariyati unga ushbu jangda zaxirada bo'lishni so'rab murojaat qilmagan, shu boisdan ham u vazn tashlashni rejalashtirmayapti.
"UFC bilan gaplashganim yo'q va shundan kelib chiqib vazn tashlamayman. CHunki bu og'ir va murakkab jarayon. Agar ular mendan so'rashganida, men buni amalga oshirgan bo'lardim. Lekin menga hech kim bu haqda indamadi. Bu men uchun yaxshi - tavakkal qilib ortiqcha vazn tashlash ishidan forig' bo'laman. Jang qilishim aniq bo'lganda vazn tashlasam yaxshi. Buni shunchaki pul uchun qilmoqchi emasman. Men iyun oyida ham vazn tashlaganman, lekin o'shanda ham hech narsa bo'lmagandi. Kuchimni mashg'ulot yig'ini va vazn poygasi uchun behuda sarflagandim. Vazn tashlash - bu har doim stress", - dedi Carukyan.

Fikrlar