19 fev 08:17
Yangiliklar
Cexudo Maxachev va Oliveyrani solishtirdi
"Oliveyra - engil vazn toifasidagi kuchli jangchi. U jang vaqtini qanday bilishi ajablanarli. Maxachevning kurashi qanchalik yaxshi ekanini bilmayman, lekin CHarlz bu yo'nalishda tengsiz.
Ularning ikkisi ham do'stlarim, agar ular jang qilsa, eng kuchlisi g'alaba qozonsin. Maxachevni qiyin jang kutib turibdi. Menimcha, Islam etarli darajada kuchli, lekin hali juda yosh.
Islamda yaxshi ko'nikmalar bor, lekin Oliveyra - musoboqadagi barcha uchun haqiqiy xavf tug'dira oladigan jangchi", - deya takidlab o'tgan Sexudo.
Eslatib o'tamiz, Maxachev 26 fevral kuni Beniel Dariushga qarshi jang qilishi lozim edi. Biroq Dariushning jarohati sabab endilikda Maxachev Bobbi Gringa qarshi oktagonga ko'tariladi.
Fikrlar