23 avg 13:37
Yangiliklar

CHagaevning shogirdi hisoblangan Fatima Dudieva Qozonda 6 raundlik jang o'tkazdi + VIDEO
CHeklangan muxlislar guvohligida o'tgan WBC oqshomining qiziqarli janglarining birida "Sportchilar ijtimoiy tarmoqda" sahifamiz qahramoni Fatima "Amazonka" Dudieva ukrainalik Inna Statkevichga qarshi ringga ko'tarildi.
Hamyurtimiz Ruslan CHagaevning shogirdi hisoblangan SHimoliy Osetiya vakilasi ikki daqiqadan olti raund davom etgan jangda ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi. Hakamlar 57:57, 58:57, 58:56 hisobidagi g'alabani Dudievaga taqlim etishdi.
Eslatib o'tamiz, Fatima "Amazonka" bundan avvalgi jangini 2019 yilning sentyabr oyida o'tkazgandi. O'shanda u ispaniyalik Mari Karmen Romeroni mag'lubiyatga uchratib, WIBF va WBF chempionlik kamarlarini qo'lga kiritgan edi. Dudieva faoliyati davomida 6 ta jang o'tkazib, ularning barchasida zafar quchgan.
Fikrlar