20 mar 15:15
Yangiliklar
CHak Norris Gavayidagi shifoxonaga tushib qoldi
Malumotlarga ko'ra, Norrisga zudlik bilan tibbiy yordam kerak bo'lgan va u tez yordam mashinasida shifoxonaga etkazilgan. Tafsilotlar oshkor etilmagan, biroq aktyorning yaqinlari uning ruhi tushmagani va jangovar kayfiyatda ekanini malum qilishgan.
Norris Gavayiga navbatdagi filmining suratga olish ishlari yakunlanganidan keyin o'zining 86 yoshini nishonlash uchun uchib kelgandi.
"Men keksaymayapman, shunchaki yangi bosqichga ko'tarilyapman", - deb yozgandi CHak Gavayiga kelgan birinchi kuni o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Malumot uchun, CHak Norris karate, dzyudo, Braziliya jiu-jitsusi, taekvondo kabi bir nechta yakkakurash sport turlarida qora belbog' sohibi hisoblanadi. O'tgan asrning 80-yillari boshida u Braziliya jiu-jitsuini AQSHda targ'ib qilishda muhim rol o'ynagan.

Fikrlar