08 sen 17:14
Yangiliklar

CHarlz Oliveyra Jastin Getjini o'z joyiga qo'yib qo'ydi
Getji avvalroq, Xabibdan keyin titul uchun Oliveyraning jang qilganini xato deya atagandi.
"Getji, o'z ishingni qil. Senga berilgan janglarni yut, huddi menga o'xshab hammasiga erish. Sen ham menga o'xshab to'qqizta jangni yutsang, keyin borib Danaga shikoyat qil. 9 yil oldin men 7-o'rinda edim va top-5 dagi raqibni so'radim. Fergyuson ustidan qozongan mutlaq ustunligimdan so'ng, men titul jangini qo'lga kiritdim. 11 yil davomida UFCda 28 jang o'tkazdim. UFC bonuslarini olish bo'yicha rekord qo'ydim. Sabmishnlar bo'yicha ham rekordni yangiladim. Men titul jangiga munosib bo'lmasam, unda kim bunga loyiq? Men bu erda faqat tinmay qilgan mehnatim sabab turibman", - dedi CHarlz Oliveyra.
Eslatib o'tamiz, Jetji 6 noyabr kuni Maykl CHendlerga qarshi jang qilsa, Oliveyra 11 dekabr kuni Dastin Poredan himoya qiladi.
Fikrlar