05 fev 15:18
Yangiliklar
CHarlz Oliveyra Maks Xollouey bilan jangda g'alaba qozonishning asosiy omilini aytdi
UFC 326 turnirining asosiy jangi engil vazn toifasida o'tkaziladi va unda amaldagi BMF kamari sohibi amerikalik Maks Xollouey sobiq UFC chempioni CHarlz Oliveyraga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Oliveyraning so'zlariga ko'ra, universallik uning Maksga qarshi jangda g'alaba qozonishini taminlaydigan asosiy omil bo'ladi.
"Men ham, Maks ham katta odamlarmiz. Ikkalamiz ham chiqib tomosha ko'rsatadigan jangchilarmiz. Lekin men ovchiman, Maks esa yo'q. Men tik holatda ham, parterda ham jang qilaveraman. O'ylashimcha, hamma farq ham shunda. Hamma narsani kim ko'proq xohlashi, kim ochroq bo'lishi hal qiladi.
Men uchun qaerda jang qilishning ahamiyati yo'q. Agar u tik holatda jang qilsa, men tayyorman. Parterga o'tsa, bunga ham tayyorman. Har qanday scenariyga shayman. Bizning farqimiz shunda. Men haqiqiy MMA jangchisiman", - dedi braziliyalik.

Fikrlar