08 apr 11:35
Yangiliklar
CHarlz Oliveyra: "Men bu divizionda birinchi raqamliman"
Rossiyalik sportchi intervyularida o'ziga bo'lgan ishonch va braziliyalikning etarli bo'lmagan darajasi haqida gapirgandi.
"Juda ko'p gapirmoqda. Meni kuchsiz deyishgandi, ammo men nokdaun holatiga tushib qolib, oldinga borganman va ularni nokaut qilganman. Meni "to'yib qolgan" va jang qilishni istamaydi deyishgandi. Ammo menda yana chempion bo'lish istagi qay darajada kuchliligini xech kim bilmaydi.
Bu yigit chidamli, yaxshi formada. Ammo siz nimadir deyishdan oldin o'ylab olishingiz kerak, chunki siz qandaydir nomalum jangchi haqida emas, men haqimda gapiryapsiz. Men diviziondagi birinchi raqamli jangchiman. Menda sabmishenlar bo'yicha rekord, ligadagi bonuslar bo'yicha rekord bor. Agar meni o'rganadigan bo'lsangiz, bu yigit yolg'on gapirayotganini ko'rishingiz mumkin", - dedi Oliveyra.
Fikrlar