17 sen 14:16
Yangiliklar
Boks/MMA
CHarlz Oliveyra: "Men bu vaznning arsloniman!"
Braziliyalik MMA jangchisi, engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni CHarlz Oliveyra navbatdagi jangi oldidan fikr bildirdi.
U 17 noyabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida o'tkaziladigan UFC 309 turnirining co main event bahsida sobiq Bellator chempioni, amerikalik Maykl CHendler bilan jang qiladi.
"Oilamga etkazing, 17 noyabr kuni barchamiz kutgan kun kelyapti. Ishonchingiz komil bo'lsin, Oliveyra engil vaznning arsloni, men bu jangda shou ko'rsatishga 100 foiz tayyor bo'laman", deya o'z jangiga munosabat bildirdi 34 yoshli sportchi.
U hozirga qadar prof faoliyati davomida turli ligalarda 44 ta jang o'tkazib, 34 g'alaba va 10 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar