23 noy 19:38
Yangiliklar
Ot Sporti

CHavandozimiz Belgiyada muvaffaqiyat qozondi
Belgiyadan xushxabar. Ot sportining konkur yo'nalishi bo'yicha o'tkazilgan xalqaro musobaqada hamyurtimiz Abdurahmon Abdullaev g'alabaga erishdi.
“Sentower Park” klubida o'tgan musobaqada chavandozimiz CSIJ Gran-pri (140 sm) dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. “Avelino De Kross” laqabli otida vakilimiz eng yuqori natijani qayd etib, oltin medal bilan taqdirlandi. Ikkinchi o'rin britaniyalik Klaudiya Morga nasib etgan bo'lsa, kuchli uchlikni chexiyalik Oliver Pisarik yopib berdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar