01 fev 16:35
Yangiliklar
Boks/MMA

CHempion Andreyd Kilerning "killeri"ga aylandi
O'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Demetrius Andreyd uchinchi bor kamarini himoya qildi.
Amerikalik jahon chempioni davogar bokschi, irlandiyalik Lyuk Kilerga qarshi ringga ko'tarildi. Andreyd 12 raundga mo'ljallangan jangning to'qqizinchi raundida raqibini texnik nokautga uchratdi.
Lyuk Kiler birinchi va ikkinchi raundlarda ham nokdaun holatiga tushib qolgandi. To'qqizinchi raunddagi holatdan so'ng referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar