27 sen 09:23
Yangiliklar
Boks/MMA

CHempion Usik Ilon Maskka sovg'a berdi
Superog'ir vazn toifasida yangi jahon chempioni Aleksandr Usik milliarder Ilon Maskka sovg'a jo'natdi.
Ukrainalik bokschi Entoni Joshuaga qarshi kechgan jangdan keyin o'zining NFT-token hamda ringga chiqib keladigan JAXET kostyumini Ilon Maskka sovg'a qilgan.
"Qo'llab-quvvatlab turganinglar uchun rahmat! Ilon Maskka hurmatimni izhor qilib, rahmat aytish uchun ajoyib oqshom. Men unga shaxsiy NFT tokenim va maxsus tayyorlangan JAXET kostyumimni sovg'a qilaman. Ilon, seni chempion chorlamoqda", – deya "Tvitter" sahifasida xabar qoldirgan Usik.
Etiborlisi, Joshua kechagi jangda Usikka qaraganda ko'proq zarba yo'llagan - 641-529! Lekin aniq zarbalar soni ukrainalikda ko'proq bo'ldi - 148-123!
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar