26 avg 12:42
Yangiliklar
CHempionlar Ligasining 2026/2027 yilgi mavsumi umumiy bosqichining 36 ta ishtirokchisidan 32 tasi malum bo'ldi
Ularning natijalariga ko'ra, turnirning umumiy bosqichiga yo'l olgan yana uchta jamoa nomi aniqlandi.
Avstriyaning "LASK" klubi "Seltik"ni (SHotlandiya) mag'lub etib (0:3, 5:1), Norvegiyaning "Budyo-Glimt" klubi "NEK Neymegen"dan (Niderlandiya) ustun kelib (3:1, 3:0) va Ozarbayjonning "Sabax" klubi "Hapoel" Beer-SHeva jamoasi (Isroil) ustidan g'alaba qozonib (1:2, 5:2) turnirning guruh (umumiy) bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.
CHempionlar Ligasining umumiy bosqichiga chiqqan jamoalar ro'yxati:
"Arsenal", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Aston Villa", "Liverpul" (barchasi — Angliya), "Barselona", "Real" Madrid, "Vilyarreal", "Atletiko" Madrid, "Betis" (barchasi — Ispaniya), "Inter", "Napoli", "Roma", "Komo" (barchasi — Italiya), "Bavariya", "Borussiya" Dortmund, "RB Leypcig", "SHtutgart" (barchasi — Germaniya), "PSJ", "Lans", "Lill" (barchasi — Franciya), PSV, "Feyenoord" (ikkalasi — Niderlandiya), "Portu", "Sporting" (ikkalasi — Portugaliya), "Bryugge" (Belgiya), "Slaviya" (CHexiya), "Galatasaray" (Turkiya), "SHaxtyor" (Ukraina), "Budyo-Glimt" (Norvegiya), "Sabax" (Ozarbayjon), "LASK" (Avstriya).

Fikrlar