27 avg 07:57
Yangiliklar
CHempionlar Ligasining 2026/2027 yilgi mavsumi umumiy bosqichining barcha ishtirokchilari malum bo'ldi
Turnirning final bosqichida jami 36 ta jamoa kurash olib boradi.
Ularning 29 tasi to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritgan bo'lsa, qolgan ettita o'rinni saralash bosqichidan o'tgan jamoalar egalladi. Oxirgi to'rtta yo'llanma "Fenerbaxche", AEK, "Viking" va "Slovan" klublariga nasib etdi.
CHempionlar Ligasining umumiy bosqichiga chiqqan jamoalar ro'yxati:
"Arsenal", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Aston Villa", "Liverpul" (barchasi — Angliya), "Barselona", "Real" Madrid, "Vilyarreal", "Atletiko" Madrid, "Betis" (barchasi — Ispaniya), "Inter", "Napoli", "Roma", "Komo" (barchasi — Italiya), "Bavariya", "Borussiya" Dortmund, "RB Leypcig", "SHtutgart" (barchasi — Germaniya), "PSJ", "Lans", "Lill" (barchasi — Franciya), PSV, "Feyenoord" (ikkalasi — Niderlandiya), "Portu", "Sporting" (ikkalasi — Portugaliya), "Galatasaray", "Fenerbaxche" (ikkalasi — Turkiya), "Budyo-Glimt", "Viking" (ikkalasi — Norvegiya), "Bryugge" (Belgiya), "Slaviya" (CHexiya), "SHaxtyor" (Ukraina), "Sabax" (Ozarbayjon), "LASK" (Avstriya), AEK (Greciya), "Slovan" (Slovakiya).

Fikrlar