05 may 14:09
Yangiliklar
Futbol
CHempionlik poygasi avjida. "Arsenal" va "Man Siti"ning APLdagi taqvimi qanday?
Kecha "Manchester Siti" APL 35-turi doirasida "Everton"ga qarshi safarda 3:3 hisobida durang o'ynadi.
Ushbu natija Xosep Gvardiola jamoasining chempionlik poygasidagi ustunligini yo'qotdi. Endi "Man Siti" "Arsenal"dan 5 ochko ortda qolmoqda (bir o'yin zaxirada).
"Kanonirlar"da APLda uchta o'yin qoldi: "Vest Xem"ga qarshi (10 may, safarda), "Bernli"ga qarshi (18 may, o'z maydonida), "Kristal Pelas"ga qarshi (24 may, safarda).
"Manchester Siti" esa yana to'rtta o'yin o'tkazadi: "Brentford" (9 may, o'z maydonida), "Kristal Pelas" (13 may, o'z maydonida), "Bornmut" (19 may, safarda), "Aston Villa" (24 may, o'z maydonida).

Havola :
Fikrlar