So’nggi yangiliklar

11:18Чемпионлик сари йўл. Зангиота руҳи мададкор бунда! 0 10:45Эрон ЖЧ-2026 вақтида Мексикада яшайди, лекин... 0 09:23Отабек Холматов Тошкентдаги бокс оқшомида жанг қилиши мумкин 0 08:30"Ролан Гаррос". Бугун Камилла Раҳимова дунёнинг 10-ракеткасига қарши кортга чиқади 0 07:53"Ўлиминг яқинлашмоқда". Нассурдин Имавов Стриклендга мурожаат қилди 0 19:04Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалига қачон қуръа ташланиши маълум 0 18:40Дмитрий Биволга Ислам Махачев билан жанг ҳақида савол беришди, боксчи эса бунга жавоб берди 0 18:17Усикнинг собиқ промоутери Александрга фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 17:45Мураббий Махачевнинг қайтиш муддатини тасдиқлади 0 17:17Дмитрий Бивол Дана Уайт билан ҳам музокара ўтказганини айтди 0 16:39Моуринью "Интер" ҳимоячисини "Реал"га ўтишга кўндирди 0 16:16Бекзод Абдураҳмонов Чимаев билан бир оқшомда жанг қилади 0 15:39Тайсон Фьюри кейинги жангини қачон ўтказишини айтди 0 15:12Александр Усик 100 миллион доллар гонорар олдими? Боксчининг ўзи жавоб берди 0 14:40"Реал" Гвардиола кетганидан кейин "Сити" юлдузининг трансферини кўриб чиқишни режалаштирмоқда — The Sun 0

27 may 11:18
Yangiliklar

Bolalar sporti

CHempionlik sari yo'l. Zangiota ruhi madadkor bunda!

Teglar :  Zangiota
Qaerdaki amaliy ish birinchi o'ringa qo'yilsa, davlatimiz rahbari tomonidan chiqarilayotgan Farmon va Qarorlarning ijrosi taminlansa, qandaydir yutuqlardan, ijobiy natijalardan umid qilsa bo'ladi.

Buning aksi bo'lib, ish faqat qog'ozdagina bo'lsa, u joyda yutuqdan ko'ra ko'proq kamchilikka duch kelasiz.  

  Xo'sh, Zangiota tumanidagi 1- son sport maktabidagi ahvol bu jihatlarning qaysi biriga mos keladi? Biz sport maktabida bo'lib, ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdik.  Ikki yil muqaddam qurib topshirilgan sport majmuasidagi sharoitlar yuqori darajada ekani kishiga dastlabki iliq taassurotni ulashadi.

  Bir nechta turlar bilan shug'ullanish imkonini beradigan sport zalida esa mashg'ulotlar qizg'in. 

—Maktabimizda ommaviy sportni rivojlantirish bilan birga mamlakat o'smirlar va yoshlar terma jamoalariga azolar hamda nomzodlarni  etishtirib berishdek masuliyatli ish ustuvor vazifa qilib belgilab olingan,—dedi biz bilan suhbatda sport maktabi direktori Luiza To'rabekova.— SHuning uchun nafaqat olimpiya, balki noolimpiya sport turlari bo'yicha ham mashg'ulotlar yo'lga qo'yilgan. Jami 44 nafar murabbiy 1372 nafar sportsevar o'g'il-qizga saboq berayotir.    

  Mavjud sharoitlardan oqilona foydalanish va o'quvchi sportchilarning bilim va ko'nikmalari o'sishi, mahorati oshib borishi uchun sport maktabida tez-tez yirik musobaqalar o'tkazish qo'yilgan. Masalan, regbi bo'yicha 2024 yilda U-14 mamlakat kubogi bahslariga mezbonlik qilgan bo'lsak, yaqinda, aniqrog'i mart oyida O'zbekiston chempionatini ham qabul qildik.



 Bugun mamlakatimizda etibordan chetda qolayotgan sport turining o'zi yo'q. Bemalol aytishim mumkinki,Zangiota regbi sport turining respublikada yuragiga aylanadi hali. Bizda umidli yoshlar kamolga etmoqda.  

  Bizning zamonaviy dizayndagi yopiq suzish havzamiz ham bor. SHu bois 2025 yilda suzish sport turi bo'yicha O'zbekiston chempionatini (U-13) o'tkazdik.

Umuman olganda sport majmuamizda suzish,  sinxron suzish, stol tennisi, taekvonda WTF, muay-tay, erkin kurash, dzyudo, milliy kurash musobaqalarini o'tkazish imkoniyatiga egamiz.

  —Yaqinda mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Mirziyoev futbol bo'yicha milliy terma jamoa azolari bilan uchrashuvda har bir mahallada futbol maydoni barpo etilishi haqida aytib o'tdi. Keling, Zangiotadagi mahallalar va ulardagi sport sharoitlari haqida ham aytib o'tsangiz...

—Darhaqiqat, zamon bilan hamqadam bo'lishimiz —davr talabi. Bugungi Yangi O'zbekiston bolasi sog'lom va barkamol bo'lishi, yaxshi sharoitlarda shug'ullanishi lozim.

Tuman miqyosida mahallalarda 70 ta sport obekti mavjud. SHundan 25 ta futbol, 4 ta mini futbol, 4 ta suniy qoplamali maydon, 12 ta voleybol, 4 ta basketbol maydoni, 24 vorkout maydonchasi mavjud. Bundan tashqari, so'nggi yillarda sportning ommaviyligini oshirish maqsadida “Turkiston”, “O'ratepa” va “Ibrat”  mahallalarida stritbol-vorkaut hamda “Navbahor”da vorkaut sport maydonchalari qurib berildi. “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida 2026-yil 1-mavsum doirasida Ubay Musaev futbol o'yingohiga 1.6 mlrd so'm miqdorda pul mablag'i yutishga muvaffaq bo'lindi.



Yana shuningdek, yil boshida aholi va qishloq ho'jaligini ro'yxatga olishda faol ishtirok etgan uchta mahalla aholisi ham sportni targ'ib qilish maqsadida vorkaut maydonchasi qurib berish bilan taqdirlandi.

  SHuni alohida takidlash joizki, Zangiotada sportni sevishadi.  Qarang, tumandagi  6 ta xususiy sport klubida o'g'il-qizlar shug'ullanayotir.  SHuningdek, tumandagi 120 nafar jismoniy tarbiya o'qituvchisi orqali 40 ta maktabda sport klublari rivojlantirilib, 129 ta guruh tashkil qilindi. Ularda 2000 nafardan oshiq o'quvchi mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.

 Bevosita ommaviylik ortidagi natijalarga nazar tashlasak, o'tgan yilgi “Prezident olimpiadasi” musobaqalarida  sportchilarimiz sovrindor bo'ldi. Jumladan, Mubina Husanova hamda Mubina Po'latova boks bo'yicha , Danil Muhitdinov va Kudret Sarsenboev erkin kurash bo'yicha shohsupaga ko'tarilishdi...

  Professional sportni ommaviylikdan ayri rivojlantirib bo'lmaydi. Murabbiylarimiz “Tuman hokimi olimpiadasi” dan tortib “Prezident Olimpiadasi”ga bo'lgan ko'p bosqichli musobaqalarni diqqat bilan kuzatib borishyapti. SHu tariqa yangi nomlar kashf etiladi...



   Luiza To'rabekova bilan suhbat chog'ida u istiqbolli rejalari bilan birga  sportni yanada rivojlantirish yo'lidagi takliflarini ham aytib o'tdi:

—  2020 yilda jahon va Osiyo chempionatlarida olti nafar sportchimiz sovvrindor bo'lgan bo'lsa, 2025 yilda ularning soni 34 nafarga etdi. 2020 yilda milliy terma jamoalarga 15 nafar sportchi etkazib berilgan bo'lsa, 2025 yilda bu ko'rsatkich 185 nafardan oshdi. 

Natijalarni yaxshilash maqsadida tumanimizda tez-tez malakali murabbiylar ishtirokida “Trening tur” seminarlarini o'tkazishni taklif qilaman. Buning yosh mutaxassislarga foydasi katta bo'ladi.

Biz umidli sportchilarning ham dil so'zlarini yzib oldik.

—Kelajakda millionlab o'zbek sport ishqibozlariga quvonch ulashmoqchiman,— deydi biz bilan suhbatda erkin kurash bo'yicha o'smirlar o'rtasida Osiyo chempioni bo'lgan Abduqodir Sarsenboev.—Buning uchun jahon chempioni va Olimpiya o'yinlari g'olibi bo'lishni bosh maqsad qilganman. 

—2025 yilda Yaponiyada o'tgan Surdlimpiya o'yinlari taekvondo bo'yicha kumush medal nasib qildi, —yana bir sportchi Hojiakbar Hokimov.— Ammo shuning o'zi ham guruhimizda shug'ullanuvchilar sonining o'sishga tasir qildi. Yangi-yangi o'g'il-qizlar kelishmoqda. SHaroitlarning alo darajada ekani, musobaqalarga o'z vaqtida mablag' ajratilishi, qolaversa, g'alabalarga munosib rag'bat va etibor berilayotgani bunga bosh sabab, deb o'ylayman...

  Biz Zangiotadagi sport maktabi faoliyatida o'rgansa arzigulik ishlar, yutuqlar, tashabbuslar borligiga guvoh bo'ldik. Eng muhimi, qurilgan sport inshootlari bo'sh qolmayapti. Aksincha, aholi bilan hamjihatlikda yangi-yangi imkoniyatlar yaratilyapti. Yangi maydonchalar bunyod etilayotir... 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing