10 mar 08:28
Yangiliklar

CHendler – Fergyuson jangi UFC 274 turniri kardiga kiritildi
Sobiq Bellator chempioni Maykl CHandler 8 may kuni sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Toni Fergyusonga AQSHning Finiks shahridagi "FutPrint-Centr" arenasida oktagonga chiqadi.
Hozircha CHendler (22-7 MMA, 1-2 UFC) ham, Fergyuson (25-6 MMA, 15-4 UFC) ham shartnomaga rasman imzo chekishmagan bo'lsa-da, lekin og'zaki roziliklarini berishgan. Oqshomning markaziy jangi aynan shu vaznda amaldagi chempion CHarlz Oliveyra hamda davogar Jastin Getji o'rtasida bo'lib o'tadi.
UFC 274 turniri kardi:
CHarlz Oliveyra – Jastin Getji (chempionlik jangi);
Maykl CHendler – Toni Fergyuson;
Maurisio Rua – Ovins Sen-Pryo;
Blagoy Ivanov – Markos Rojerio de Lima;
Donald Serrone – Jo Lazon;
Mesi CHiasson – Norma Dyumont;
Ariane Karnelossi – Lopi Godines;
Kleydson Rodriges – Si Jey Vergara;
Denni Roberts – Fransisko Trinaldo;
Brendon Royval – Mett SHnell;
Rendi Braun – Xaos Uillyams.
Fikrlar