So’nggi yangiliklar

16:02"Ҳозирги Макгрегор Хабибни икки дақиқада мағлуб этади" - ММА жангчиси 0 15:39Сеговиа Теласко: "Ўзбекистонга қарши ўйин қийинроқ бўлиши аниқ" 0 15:18Топурия — Гэтжи жангида захира жангчиси ким бўлиши айтилди 0 14:55Қирғизистонлик мураббий Франция терма жамоаси бош мураббийига айланди 0 14:33Арман Царукян: "Одамлар мени ақлдан озган деб ўйлашади, лекин..." 0 14:12Ўзбекистоннинг ЖЧ-2026`даги гуруҳдоши ўртоқлик ўйинида Францияга ютқазди 0 13:51Синдаров ғалаба қозонган "Номзодлар турнири" 1-турида қандай натижалар қайд этилди? Бугун Жавоҳирни кимга қарши баҳс кутмоқда? 0 13:30WBO Мозес Итаумани мажбурий даъвогарга айлантиради 0 13:09Боксчиларимиз Осиё чемпионатини мағлубиятлар билан бошлашди 0 12:48Ўзбекистонлик ҳакамлар Озарбайжон — Сьерра-Леоне учрашувида ишлайди 0 12:27Жо Роган: "У спорт тарихидаги энг буюк шахс" 0 12:06Царукяннинг чемпионлик жанги расман эълон қилинди 0 11:45Octagon League'нинг яна бир собиқ чемпиони Mangu'га ўтди (ПОСТЕР) 0 11:24"Тоттенхэм" Игор Тудорнинг истеъфосини эълон қилди 0 11:03Майами "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

14 sen 08:46
Yangiliklar

Boks/MMA

CHendler Jastin Getji bilan jangda: "Men qattiq "repressiya" uyushtirishga tayyorman!"

Engil vazn toifasida UFC jangchisi Maykl CHendler Jastin Getjiga qarshi bo'ladigan jang haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Malumot uchun, ushbu jang g'olibi amaldagi divizion chempioni CHarlz Oliveyraga qarshi oktagonga chiqishga asosiy nomzod bo'ladi.

"13 yil davomida har bir jangda men o'z muxlislarimga hayajonli tomoshani ko'rsatishga harakat qildim va Eddi Alvaresga qarshi uchrashuvdan so'ng men bundan yaxshiroq jang o'tkazmadim. Bu uzoq yillar avval bo'lgan, shuning uchun men uni juda yaxshi ko'raman", - dedi CHendler jurnalistlarga Mayamidagi Triller Fight Club boks oqshomida.

"Menimcha, Jastin Getji ishonchli professional va eng yorqin jangchilardan biri. Biz jangga chiqamiz va qaysi birimiz ortga birinchi bo'lib qadam tashlashimizni bilib olamiz. Bu to'qnashuv, haqiqiy portlash bo'ladi. Men oktagonning markazini egallab, qon to'kish va qattiq repressiyalar uyushtirishga tayyorman. Men jangni arenadan, uydan kuzatadigan barcha muxlislarga haqiqiy adrenalin va fenomenal tomoshani taqdim etaman”.

Eslatib o'tamiz, Maykl CHendler va Jastin Getji o'rtasidagi jang 6 noyabr kuni Nyu–Yorkda, UFC 268 turniri doirasida bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing