13 apr 13:31
Yangiliklar

CHendler Maxachev va Nurmagomedovni solishtirdi
"Buni solishtirishimga xojat yo'q. Xabib o'zini qanday namoyon etganini barchamiz ko'rganmiz — u haqiqiy yulduz edi. SHuningdek, u engilmas jangchi edi.
Ha, Maxachevda birgina mag'lubiyat bor, biroq bu uning rekordi uchun zararga ishlaydi. Xabib raqiblarini nazorat qilardi, u top-10likdagi bir qancha jangchilarni mag'lub etgan, kamarni qo'lga kiritib, uni himoya qilgan va mag'lubiyatsiz faoliyatini yakunlagan.
Xabib kamdan-kam hollarda faqatgina raundni o'zinigina boy berardi. Xabib mana shunday edi.
Albatta, Maxachevda ham shunday natijaga erishish uchun imkoniyat bor, biroq u engilmas jangchi emas. Islam bilan jangga Xabib bilan jang qilganimdagidek tayyorlanaman deb o'ylamayman", - dedi CHendler.
Fikrlar