18 avg 21:05
Yangiliklar
Og'ir atletika, Tokio-2020
CHetlatilgan 3ta davlat federaciyalari IWFni sudga berdi
Rossiya, Qozog'iston va Belarus mamlakatlarining og'ir atletika terma jamoalari Xalqaro og'ir atletika federaciyasi (IWF) bayrog'i ostida o'tkaziladigan har qanday nufuzdagi musobaqalardan bir yilga chetlatilgan edi.
Bu davlatlar doping qoidalarini buzganlikda ayblangandi. O'z o'rnida ushbu uchta davlat og'ir atletika federaciyalari Xalqaro og'ir atletika federaciyasi ustidan Sport arbitraj sudiga (CAS) shikoyat bilan murojaat qilishdi.
Eslatib o'tamiz, IWF prezidenti Tamash Ayanning shaxsan o'zi bayonot berib, nomlari tilga olingan davlat terma jamoalari Rio Olimpiadasidan so'ng o'tkaziladigan xalqaro musobaqalar, jahon va qitaviy chempionatlarda ishtirok eta olmasligini malum qilgan edi.
Havola :
Fikrlar