Uchrashuvning etiborga molik vaziyatidan biri 77-daqiqada mezbonlar kiperi Leandro Rekenaning o'z jarima maydonidan zarba berib, raqib darvozasini ishg'ol etishi bo'ldi. To'p taxminan 101 metr uzoqlikdan mehmonlar darvozasiga borib tushdi. Qayd etilishicha, bu futbol tarixida eng uzoq masofadan urilgan gol bo'lishi va Ginnesning rekordlar kitobidan joy olishi mumkin.
Malumot o'rnida, 2013 yil noyabrida “Stok Siti” kiperi Asmir Begovich 91,9 metr masofadan gol urib, Ginnesning rekordlar kitobidan o'rin egallagandi. Keyinchalik uning natijasini 2021 yil “Nyuport Kaunti” posboni Tom King yangiladi – 96,01 metr.
Fikrlar