27 mar 19:12
Yangiliklar
Boks/MMA

CHimaev: "Agar Kanelo UFCga o'tsa, uni uxlatib qo'yish uchun menga 10 soniya etarli bo'ladi"
UFC jangchisi Xamzat CHimaev boks bo'yicha jahon chempioni Saul Alvaresning MMAdagi ehtimoliy faoliyati haqida gapirdi.
"Kanelo butun umr boksda. Bu vaqt ichida u ko'plab juda kuchli jangchilarni mag'lub etdi. Uni mag'lub etish juda qiyin. Men ham yuta olmagan bo'lardim, chunki bu mening o'yinim emas.
Ammo, Alvares UFCga o'tib, men bilan jang qiladigan bo'lsa, uni uxlatib qo'yishim uchun 10 soniya etarli bo'ladi. U xech qachon kurash yoki greppling bo'yicha ishlamagan.
Bu huddi faqat ruschani biladigan kimdir Rossiyadan ingliz tilida gaplashiladigan mamlakatga kelishi, ammo ingliz tilida gaplashishga harakat qilishidek gap.
Unda ham bu erda xech narsa amalga oshmaydi. Bu boshqacha o'yinlar - masalan futbol va basketboldek", - dedi CHimaev.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar