02 may 16:25
Yangiliklar
Boks/MMA
CHimaev Konor bilan boks jangini istayapti
UFC chempioni Xamzat CHimaev Konor Makgregorga qarshi boks jangini o'tkazish istagini bildirdi.
"Meni haqiqatan ham ruhlantiradigan narsa nima? Balki Zuffa doirasida Konor bilan boks jangidir. Toza boks, 12 raund. Agar Konor rozi bo'lsa, ajoyib bo'lardi. U yaxshi bokschi, UFC’dagi eng yaxshilardan biri.
Sinab ko'rish qiziq bo'lardi. Pul ham yaxshi. U SHon Striklenddan ko'ra yaxshiroq gapiradi, shuning uchun jang ham qiziq o'tadi", — dedi CHimaev.
Eslatib o'tamiz, CHimaev 10 may tongida SHon Striklendga qarshi jangda chempionlik kamarini himoya qiladi. Ushbu jang UFC 328 turnirining asosiy to'qnashuvi bo'ladi.
Havola :
Manba : Happy Punch
Fikrlar