07 mar 10:47
Yangiliklar
Boks/MMA

CHimaev Kovington - Masvidal jangini bemanilik deb atadi
O'rta vazn toifasida 11-o'rinni egallab turgan Xamzat CHimaev Kolbi Kovington va Xorxe Masvidal o'rtasidagi jangdan qoniqmaganini aytdi.
"Bu jang emas. Butunlay bemanilik!", - deya yozadi CHimaev o'z "Tvitter" sahifasida.
Eslatib o'tamiz, UFC chempionligi uchun sobiq davogarlarning jangi bir ovozdan xakamlar qarori bilan Kovingtonning g'alabasi bilan yakunlandi.
Xamzat CHimaev navbatdagi jangini 9 aprel kuni Jeksonvildagi UFC 273 musobaqasida, divizionning ikkinchi raqamli jangchisi Gilbert Bernsga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar