29 mar 10:11
Yangiliklar
Boks/MMA

CHimaev MMA tarixidagi eng yaxshi jangchi nomini aytdi
Yarim o'rta vazn toifasida UFC vakili Xamzat CHimaev kimni MMA tarixidagi eng yaxshi jangchi deb bilishini aytdi.
"Sobiq UFC chempioni Jon Jonsning ashaddiy muxlisiman. Albatta, men uchun barcha davrlarning eng yaxshi jangchisi aynan u! Hech kim unga tenglasha olmaydi. U juda ko'p jangchilarni, "yirtqich hayvonlar"ni ham mag'lub etgan.
Men barcha mashg'ulotlarimda Aleksandr Gustafsson bilan ishlayman va uning qanchalik yaxshi ekanini bilaman. Agar Jon Jons bu yigitni to'xtata olgan bo'lsa, bu meni qo'rqitadi", - dedi CHimaev.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar