21 fev 16:46
Yangiliklar
CHimaev vazn toifasini o'zgartirib, ikkinchi UFC kamari uchun jang qiladi
Xabarlarga qaraganda, chechenistonlik mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan 31 yoshli aralash yakkakurash ustasi 11 aprel kuni Mayami shahrida bo'lib o'tadigan UFC 327 turnirining asosiy jangida chexiyalik Irji Proxazkaga qarshi oktagonga chiqishi mumkin. Ushbu jangda o'rtaga yarim og'ir vazn toifasida vakant bo'lib qolishi kutilayotgan chempionlik kamari qo'yiladi.
Bu haqda X ijtimoiy tarmog'ida jurnalist Kevin malum qildi. Ushbu xabarlar fonida taxminan bir soat oldin CHimaev X tarmog'ida 205 raqami bilan post qoldirgan, bu uning 205 funtgacha bo'lgan vazn toifasiga o'tganiga ishora bo'lishi mumkin.
SHu bilan birga, yarim og'ir vazn toifasining amaldagi chempioni Aleks Pereyra qaerda jang qilishi hozircha malum qilinmagan. Avvalroq u Oq uyda og'ir vazn toifasida Jon Jonsga qarshi jang o'tkazishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar