23 avg 19:40
Yangiliklar

CHimaevning navbatdagi jang sanasi va raqibi malum
SHveciya pasportiga ega bo'lgan chechen sportchisi 30 oktabr kuni Abu-Dabidagi UFC 267 turnirida chiqish qilishini tasdiqladi. Engilmas sportchining raqibi, kutilganidek, xitoylik Li Czyanlyan bo'ladi.
CHimaev 2020 yil sentyabridan buyon oktagonga chiqmagan. Jangchi og'ir oqibatlarga olib keladigan koronavirusga chalingan, shuning uchun u hatto faoliyatini yakunlaganini elon qilgan edi. Lekin oxirida u qaytishga qaror qildi.
MMAda CHimaev to'qqizta g'alaba qo'lga kiritdi. UFC'da u ketma-ket uchta g'alabaga ega, ularning barchasi muddatidan oldin qo'lga kiritilgan. Czyanlyan faoliyati davomida 18 g'alabaga erishgan va 8 mag'lubiyatga uchradi. Xitoylik jangchi UFC'da 2014 yildan beri jang qiladi.
Eslatib o'tamiz, Petr Yan, Islam Maxachev, Aleksandr Volkov va Zubayra Tuxugov ham UFC 267 turnirida chiqish qiladi.
Fikrlar