So’nggi yangiliklar

19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0 12:35АҚШ профессионал боксчиларига терма жамоа сафида жанг қилиш имконини берди 0 11:57Нодирбек Абдусатторов 2027 йилда ҳам NAVI сафида қолади 0 11:13Asian Boxing League турнири номаълум муддатга қолдирилди 0 10:24Ўзбекистон кубогининг 1/2 финал сана ва манзиллари маълум 0 10:15Полина Кудерметова дунё рейтинги пешқадамига қарши кортга чиқди 0

18 okt 11:32
Yangiliklar

Kurash

CHirchiqda belbog'li kurash bo'yicha xalqaro Do'stlik turniri o'tkazildi

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining kurash zalida belbog'li kurash bo'yicha xalqaro do'stlik turniri tashkil etildi.

O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi, xalqaro Koresh federaciyasi hamda O'zDJTSU Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi bilan hamkorlikda bo'lib o'tgan ushbu xalqaro turnirda Rossiya, Qirg'iz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston sportchilari 5 ta vazn toifasida bellashishdi.

Kun davomida o'tkazilgan bellashuvlar natijasiga ko'ra umumjamoa hisobida Rossiya terma jamoasi birinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, polvonlarimiz ikkinchi o'rinni band etishdi. Uchinchi o'rin qo'shni Tojikiston davlati sportchilariga nasib etdi. 

Mazkur xalqaro musoboqaning tantanali ochilish va taqdirlash marosimida CHirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov, xalqaro koresh federaciyasi boshqaruv raisi Ravil Nagumanov (Rossiya), Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi prezidenti Mo'min Muratov, xalqaro Qirg'iz kurosh federaciyasi prezidenti Riskeldi SHamiev (Qirg'iz Respublikasi), O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, O'zDJTSU birinchi prorektori SHerzod Mirzanov va boshqalar ishtirok etdi. 

Turnir yakunida g'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

SHuningdek, turnir doirasida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti xalqaro koresh federaciyasi, Qirg'iz kurosh federaciyasi hamda Rossiya federaciyasi Pavolojiya davlat madaniyat, sport va turizm universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing