So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

27 apr 17:38
Yangiliklar

Kurash

CHiroqchida belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazildi + FOTO

Teglar :  Belbog'li kurash
25-27 aprel kunlari Qashqadaryo viloyatining CHiroqchi tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha 2009-2010 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi  Sportni rivojlantirish vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik  taqvim-rejasidagi ushbu chempionat bahslarida  Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha  viloyatlardan 300 nafardan ortiq  yosh polvonlar g'oliblik uchun kurash tushishdi. 

Yuqori saviyada tashkil etilgan  musobaqada o'g'il bolalar belbog'li kurash va erkin yo'nalishida 11 tadan vazn toifasida, qizlar erkin yo'nalishida 7 ta vazn toifasida kuch sinashishdi. Mazkur chempionat bahslarida quydagi sportchilar faxrli birinchi o'rinni egallab, mamlakat chempionligini tantana qilishdi.

O'g'il bolalar (belbog'li kurash yo'nalish)

27 kg. SHerbek Berdiraimov (Qashqadaryo)

30 kg. Bagdavlet Dongesov (Qoraqalpog'iston)

33 kg. Aqilbek Qallibekov (Qoraqalpog'iston)

36 kg. Javohirbek Rasulov (Andijon)

40 kg. Asilbek Muhammedov (Farg'ona)

44 kg. Murodulla Xabibulllaxonov (Namangan)

48 kg. Humoyun Ergashev (Farg'ona)

52 kg. Azizillo Tursunov (Andijon)

55 kg. Allajar Kojaxmedov (Navoiy)

60 kg. Mirzabek Rahmatullaev (Navoiy)

+60 kg. Xudoyorjon Normirzaev (Farg'ona)

Qizlar (erkin yo'nalish)

33 kg.  SHukrona Boltaboeva (Farg'ona)

36 kg.  Quatbaeva Benera (Qoraqalpog'iston)

40 kg. Tumaris Qalabaeva (Qoraqalpog'iston)

44 kg. Mahmuda Sobitova  (Namangan)

48 kg. Aneliya Turdibaeva (Qoraqalpog'iston)

52 kg. Gulsanam Hazratova (Qashqadaryo)

+52 kg. Aysiliv Qidirbaeva (Qoraqalpog'iston)

O'g'il bolalar (erkin yo'nalish)

27 kg. SHerdorbek Rasuljonov (Namangan)

30 kg. Sanjarbek Hoshimjonov (Farg'ona)

33 kg. Elnurbek Abdulazimov (Andijon)

36 kg. Atoqulov Ozodbek (Buxoro)

40 kg. Abdulxay Yigitaliev (Andijon)

44 kg. Mironshoh Qurbonnazarov (Buxoro)

48 kg. Ravshan Ahmadov (Buxoro)

52 kg. Nazarbek Ahmadqulov (Navoiy)

55 kg. Azamat Po'latov (Buxoro)

60 kg. Otamurod Xolmirzaev (Navoiy)

+60 kg Ozodbek Narziev (Buxoro)

Bellashuvlar yakuniga etgach, kuchli uchlikdan joy olgan yosh polvonlar diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.  

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing