So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

15 mar 12:59
Yangiliklar

Kurash

CHiroqchida belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston kubogi o'tkazildi + FOTO

12-14 mart kunlari Qashqadaryo viloyati CHiroqchi tumanidagi 1-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida 2005-2006 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston kubogi bellashuvlari bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur musobaqada o'g'il bolalar belbog'li kurashning klassik va erkin yo'nalishi bo'yicha 11 ta vazn toifasiga ko'ra kuch sinashishgan bo'lishsa, qizlar erkin yo'nalishda 7 ta vaznda g'oliblik yo'lida bellashishdi.  

Musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 300 nafarga yaqin yosh polvonlar ishtirok etishdi.

Murosasiz va qiziqarli tarzda o'tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra qo'ydagi sportchi-bolalar o'z vazn toifalariga muvofiq, barcha raqiblarini engib, oltin medal egalariga aylanishdi.

Demak, chempionlar bilan tanishamiz.

O'g'il bolalar (klassik yo'nalish)

32. Bahodir Odilov (Farg'ona)

35 kg. Avaz Otaqulov (Sirdaryo)

38 kg. Xojiakbar Abdusattorov (Sirdaryo)

42 kg. SHuhrat Qirg'izboev (Andijon)

46 kg. SHaxzod Usmonov (Toshkent v.)

50 kg. Abdumalik Dilshodbekov (Andijon)

55 kg. Dadabek Suyunov (namangan)

60 kg. Dalabek Suyunov (Namangan)

65 kg. Ilyos Sotvoldiev (Farg'ona)

71 kg. Ziyodullo Valijonov (Toshkent sh.)

+71 kg. G'ulomqodir Karimov (Andijon)

Qizlar (Erkin yo'nalish)

40 kg. Moldir Alimbaeva (Qoraqalpog'iston)

44 kg. Mohira Qahhorova (Andijon)

48 kg. Eldora Alimbaeva (Qoraqalpog'iston)

52 kg. Gulzaxira Sarsenbaeva (Qoraqalpog'iston)

57 kg. Yasmina Sodiqova (Namangan)

63 kg. Sevara SHajenova (Qoraqalpog'iston)

+63 kg. Marjona Ko'chimova (Qashqadaryo)

O'g'il bolalar (erkin yo'nalish)

32 kg. Mirsaid Jo'raev (Qashqadaryo)

35 kg. Minxojiddin Bozorboev (Andijon) 

38 kg. Suxrob Rahmatov (Navoiy)

42 kg. Izzatillo Jumanov (Farg'ona)

46 kg. Jasurbek Nishonboev (Andijon)

50 kg. Omirbay Xojaxmetov (Qoraqalpog'iston)

55 kg. Asilbek Tojiboev (Toshkent sh.)

60 kg. SHoxrux Qurbonmurodov (Navoiy)

65  Ilyosbek Yoqubjonov (Andijon)

71 kg. Sarvar Mamashakirov (Toshkent sh.)

+71 Azimjon Yuldoshev (Namangan)

Musobaqa yakuniga etgach, kuchli uchlikdan joy olgan sportchilarni taqdirlash marosimi tashkil etildi. SHohsupaga ko'tarilgan yosh polvonlarni O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi bosh kotibi Abdixalil Malikov, Qashqadaryo viloyat belbog'li kurash federaciyasi raisi Farhod Jumanov, hakamlar hayati raisi Toshkentboy Yaxshiboy, CHiroqchi tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi boshlig'i Ixtiyor Rizaqulov va boshqalar tasis etilgan diplom, medal hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlashdi.  

Ilhom Rahmonov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing