So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

13 mar 23:26
Yangiliklar

Kurash

CHiroqchida belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston kubogi o'tkazilmoqda + FOTO

Bugun Qashqadaryo viloyati CHiroqchi tumanidagi 1-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha 2005-5006 yilda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston kubogi bellashuvlariga start berildi.

O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 300 nafarga yaqin yosh polvonlar belbog'li kurashning klassik va erkin yo'nalishida o'z vazn toifalariga ko'ra g'oliblik uchun kurash tushishmoqda.  

Alohida takidlash joiz, Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, viloyat belbog'li kurash federaciyasi, CHiroqchi tuman hokimligi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi hamda tuman 1-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabi tomonidan mazkur musobaqaning ko'tarinki ruhda o'tishi uchun yuqori darajada tayyorgarlik ko'rilgan.

Bugun start berilgan O'zbekiston kubogi bellashuvlarida dastlab musoboqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Ochilish marosimida so'z olgan O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Komil Xolmatov, viloyat belbog'li kurash federaciyasi raisi Farhod Jumanovlar  mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga, xususan, milliy sport turlarimizga qaratilayotgan yuksak etibor xususida takidlab, musobaqa ishtirokchilariga omad tilashdi.

SHundan so'ng rejaga muvofiq, belbog'li kurashning klassik yo'nalishida o'g'il bolalar o'rtasida 11 ta vazn toifasida bellashuvlar boshlandi.

Bellashuvlar 15 martgacha davom etadi.  

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing