So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

07 iyu 13:29
Yangiliklar

Kurash

CHiroqchida kurash bo'yicha bellashuvlar o'tkazildi

Teglar :  Kurash
5 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining CHiroqchi tumanidagi markaziy stadionida “Olimpiya sari yo'l” shiori ostida kurash bo'yicha bellashuvlar bo'lib o'tdi.

Viloyat va tuman hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi, 1- bolalar – o'smirlar sport maktabi hamkorligida tumanda olimpiya harakatini rivojlantirish olimpiya va milliy sport turlarini keng targ'ib qilish, yoshlarni olimpiya va milliy sport turlariga  jalb qilish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ibot-tashviqot ishlari samaradorligini yanada oshirish  maqsadida o'tkazilgan kurash belllashuvlari  6 iyul – Xalqaro olimpiya kuniga bag'ishlandi.  “Xalq sayli” umumilliy sport musobaqalari doirasida o'tkazilgan mazkur kurash musobaqasi to'y kurashi tarzida tashkil etildi. Ko'p sonli muxlislar ishtirokida o'tgan bahslarning tantanali ochilish marosimida faxriy polvonlarga ehtirom ko'rsatilib, qimmatbaho esdalik sovg'alari ulashildi. Kurash shaydolari  olqishlari ostida o'tgan bellashuvlarda  erkaklar to'rtta vaznda, ayollar esa ikkita vazn toifasida bahs olib borishdi. SHuningdek, o'smirlar o'rtasida ham kuchlilar aniqlandi. Mutloq vaznda toifasidagi kurashda samarqandlik Bekzod Karimov qashqadaryolik Jaloliddin SHernazarovdan ustun kelib, bosh sovringa ega bo'ldi.  Har bir vaznda g'oliblikni qo'lga kiritgan polvonlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing