So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

21 noy 09:24
Yangiliklar

Bolalar sporti

CHiroqchidagi 1-BO'SMDA xayrli tadbir yo'lga qo'yildi FOTO

CHiroqchi tumanidagi 1-sonli bolalar va o'smirlar sport maktabida 1526 nafar o'g'il-qiz 35 nafar murabbiy qo'l ostida shug'ullanmoqda.

Ular sportning belbog'li kurash, futbol, voleybol, shaxmat, engil atletika, taekvondo (VTF), badiiy gimnastika, sambo, kurash, dzyudo turlari bo'yicha muntazam mashg'ulotlarda ishtirok etishyapti. 

Yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan BO'SM tarbiyalanuvchilari o'tkazilayotgan viloyat, respublika va xalqaro musobaqalarda kuchli uchlikdan joy olishga muvaffaq bo'lishmoqda. 

Bunga birgina misol - taekvondo (VTF) sport turi bo'yicha Bobur Burxonov  qo'l ostida shug'ullanayotgan o'quvchilardan Mirolim Husanov (33 kg), Umid Safarov (45 kg) va Jaloliddin Narzullaevlar 16-18 noyabr kunlari Toshkent shahrida 2005-2007 yillarda tug'ilgan o'smir va qizlar o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida faxrli uchinchi o'rinni egallab, bronza medallariga egalik qilishdi. 

Agar yo'lingiz tushib, BO'SM yaqinidan erta tong o'tib qolsangiz, stadionda yoki shinam va ko'rkam sport zalida ertalabki badantarbiya mashg'ulotlarini bajarayotgan murabbiylar, texnik xodimlar va tarbiyalanuvchilar, hatto yaqin atrof mahallalarda yashovchi yoshlar, xotin-qizlar, keksalarni ko'rishingiz mumkin. 

Darvoqe, ertalabki badantarbiya mashg'ulotlarini BO'SM direktori, “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” ko'krak nishoni sohibi Farhod Jumanov murabbiyligi ostida o'tayotgani jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan etibor yuqoriligidan dalolat. 

SHuningdek, BO'SMda nomdor sportchilar ishtirokida mahorat saboqlarini o'tkazish ham odat tusini olgan. SHaxmat bo'yicha Nodira Nodirjona, futbol bo'yicha Otabek SHukurov singari ko'plab chempion sportchilarning BO'SMga tashrif buyurayotgani, tarbiyalanuvchilarning sportga bo'lgan ishtiyoqini yanada oshirishi, chempionlik sari dadil qadam tashlashlariga turtki bo'lishi bor gap. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing