So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

18 mar 13:35
Yangiliklar

Kurash

CHortoqdagi bel olish va uch kurash bahslarida g'oliblar aniqlandi

Teglar :  Bel olish kurash
Namangan viloyatining CHortoq tumanida bel olish va uch kurash bo'yicha respublika chempionlari aniqlandi.

CHortoq tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida bel olish va uch kurash bo'yicha 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati yakunlandi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston Bel olish va uch kurash associaciyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur mamlakat chempionatida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 800 nafardan ortiq sportchilar o'z vazn toifalariga ko'ra, g'oliblik uchun bellashishdi.

CHempionat reglamentiga muvofiq, dastlab bel olish kurashi bo'yicha kuchlilar nomi aniqlandi. SHohsupadan joy olgan yosh polvonlar diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. Bel olish kurashi bo'yicha bahslar yakuniga etgach, musobaqa dasturiga binoan 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'g'il-qizlar uch kurash bo'yicha mamlakat chempionligi uchun bahslarga kirishdi. 

Murosasiz o'tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra 41kg.da Ozodbek Abdusalimov (Andijon), 44kg. da Sarvar Qosimjonov (Andijon), 60kg. da Bekzod Tursunov (Surxondaryo), 77kg. da Fazliddin Oripov (Farg'ona), 48kg. da Hilola Ortiqboeva (Sirdaryo), 52kg. da Nilufar Tojimurodova (Namangan), 56kg. da Masuma Rahmatqulova (Surxondaryo) singari yosh sportchilar o'z vazn toifalarida barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, faxrli birinchi o'rinlarni egallashdi. 

Kuchli uchlikdan joy olgan sportchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari topshirildi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing