19 dek 07:24
Yangiliklar
Tennis
Cicipas - Abu-Dabi turniri g'olibi!
BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha ko'rgazmali turnir greciyalik Stefanos Cicipasning g'alabasi bilan yakunlandi.
Dunyoning to'rtinchi raketkasi hal qiluvchi final uchrashuvida reytingning sakkizinchi pog'onasidan borayotgan rossiyalik Andrey Rublyovni 6/2, 4/6, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Stefanos 7:5 hisobida oldinda bormoqda.
To'qson to'rt daqiqa davom etgan bahsda Rublyov ham, Cicipas ham 3 tadan eys zarbasini amalga oshirishdi. Ikkala tennischi ham 1 tadan qo'shxatoga yo'l qo'yishdi. Faqat breyklar soni Cicipasda 4 ta, Rublyovda 1 tani tashkil etdi.
Abu-Dabidagi muvaffaqiyatli ishtirok chempion Stefanos Cicipasga 250,000 dollar keltirdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar