16 avg 11:35
Yangiliklar
Tennis

Cincinnati Open. Karlos Alkaraz Rublyovga "chiqish" eshigini ko'rsatib qo'ydi
AQSHning Cincinnati shahrida o'tkazilayotgan "Masters" seriyasiga kiruvchi turnirda 1/2 finalchilar aniqlanmoqda.
Dunyoning ikkinchi raketkasi ispaniyalik Karlos Alkaraz turnirning 1/4 finalida ATP reytingida 11-o'rinni egallab turgan rossiyalik Andrey Rublyovni qiyinchilik bilan uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 4/6, 7/5.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobida Karlos oldinda bormoqda - 4:1. Ikki soatu 17 daqiqa davom etgan bahsda ikkala raketka ustalari ham 11 tadan eys zarbasini amalga oshirishdi. Qo'shxatolar Rublyovda ko'proq bo'ldi - 7 ga 4. Breyklar bo'yicha ustunlik esa g'olib tennischi tomonda - 4 ga 2. Alkaras ketma-ket ettinchi turnirida 1/2 finalda kortga chiqadigan bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar