10 fev 09:01
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/28349_220.jpg)
"Cuba Domadores" - "Uzbek Tigers". Barcha janglar yakunlandi
"Uzbek Tigers" jamoasi Butunjahon boks seriyasining sakkizinchi mavsumidagi ilk jangini o'tkazdi.
Jang hamyurtlarimiz oson kechgani yo'q. Afsuski, beshta jangning barchasida sportchilarimiz raqiblariga imkoniyatni boy berdilar. Yakunda kubaliklar yirik - 5:0 hisobida g'alaba qozondilar.
To'qnashuvda hisoblar quyidagicha ko'rinish oldi:
-52kg: Yozbani Vieta - Xudoynazar Fayzov 3:0
-60kg: Lazario Alvares Estrada - SHunqor Abdurasulov 3:0
-69kg: Roniel Iglesias - Mahmud G'oipov 3:0
-81kg: Xulio la Kruz - Madiyor Saidrahimov 3:0
+91kg: Xose Larduet Gomes - Bahodir Jalolov 2:1
Endi ushbu jamoalar 27 fevral kuni Termiz shahrida javob to'qnashuvida kuch sinashadilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar