07 iyu 14:55
Yangiliklar
![](/upload/storage/11_220.jpg)
“CubaDomadores” – ikki karra WSB turniri g'olibi!
O'z tarixida oltinchi marotaba o'tkazilgan musobaqaning bosh mukofoti uchun Kubaning “Cuba Domadores” hamda Buyuk Britaniyaning “British Lionhearts” jamoalari ringga ko'tarilishdi.
Poytaxtimizdagi muhtasham “O'zbekiston” sport saroyi mezbonlik qilgan final janglari yakunida kubalik bokschilar britaniyalik raqiblaridan 9:1 hisobida ustun kelishdi. Yani, 10ta jangning to'qqiztasida Ozodlik oroli vakillarining qo'li baland keldi.
SHu tariqa, “CubaDomadores” jamoasi ikki karra WSB turniri g'olibiga aylandi. Ushbu musobaqada ilk marotaba ishtirok etgan “O'zbek yo'lbarslari” jamoasi esa turnirning yarim finalida aynan Kuba bokschilariga Gavana shahrida o'tkaziladigan janglarda imkoniyatni boy bergan edi.
JANG NATIJALARI:
“CubaDomadores” vs “BritishLionhearts”
49 kg: Argilagos Jaxanos – Yafay Galal - 3:0 (48:47, 49:46, 49:46)
52 kg: Veytia Yosbani – Ali Muxammad - 2:1 (48:47, 49:46, 47:48)
56 kg: Romirez Robeysi – Mgrail Piter - uchinchi raundda texnik nokaut
60 kg: Alvarez Estrada Lazaro – Makkormak Lyuk - 3:0 (50:45, 50:45, 50:45)
64 kg: Toledo Yashnir – Smit Dalton Grant - 3:0 (49:46, 49:46, 49:46)
69 kg: Eglesias Roniel – Essuman Ekou - ikkinchi raundda texnik nokaut
75 kg: Lopes Arlen – Vilyamson Troy - uchinchi raundda texnik nokaut
81 kg: La Kruz Julio – Vittaker-Xart Tomas - 3:0 (50:41, 50:41, 50:41)
91 kg: Erislandi Savon – Okoli Laurens - birinchi raundda texnik nokaut
+91 kg: Pero Justiz Lenier – KLARK FRAZER – to'rtinchi raundda texnik nokaut
Fikrlar