So’nggi yangiliklar

10:44Шоҳжаҳон Эргашев, Умар Кремлёв, "Сатурн" ва бошқалар. IBA Nomad турнири олдидан face-to-face ва вазн ўлчаш маросими ўтказилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:13Алишер Усмонов АПЛ жамоасини сотиб олмоқчи — talkSPORT 0 09:42Сузувчи Илья Сибирцев яна Ўзбекистон рекордини янгилади 0 09:18Жаҳон чемпионатининг илк кунида икки боксчимиз рингга чиқиб, ҳар иккиси ғалабага эришди 0 08:45Волкановски UFC ярим енгил вазн дивизионидаги энг хавфли жангчи кимлигини айтди 0 07:30СССР терма жамоасининг собиқ дарвозабони иттифоқ даврида келишилган ўйинлар қандай ташкил этилганини айтди 0 00:24Баҳодир Жалолов эртанги жанги олдидан англиялик рақиби билан биринчи марта юзма-юз келди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 21:06Диёра Келдиёрова иштирок этадиган Aktau Asian Open 2026 турнирига қуръа ташланди 0 20:25“Анжи” собиқ бош мураббийи “Ғазалкент”га таклиф этилди 0 19:54"Бу жангни беш мартача қайта кўрдим". Сауль Альварес Кроуфорддан учралган мағлубият ҳақида гапирди 0 19:23"Топурия энди аввалгидек бўла олмайди" - Пэдди Пимблетт 0 18:52Фьюри ва Жошуа WBA Super камари учун жанг қилади — Фрэнк Уоррен 0 18:21Бундеслигада сермаҳсуллик рекорди ўрнатилди 0 17:50Баҳодир Жалолов жанг қиладиган Лондондаги бокс оқшомининг тўлиқ карди билан танишинг 0 17:19Фомин Хитойдаги турнирининг 1/2 финалида ўйнайди 0

16 iyu 14:48
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Dakar-2022 o'smirlar Olimpiadasi 2026 yilga ko'chirildi

Teglar :  OlimpiadaDakar
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ) Senegal hukumati bilan birga Dakar shahrida o'tishi rejalashtirilgan o'smirlar Olimpiya o'yinlarini 2022 yildan 2026 yilga ko'chirishga qaror qildi.

Senegal prezidenti Maki Sallning taklifi XOQ rahbari Tomas Bax tomonidan chuqur o'rganib chiqilganidan keyin shunday to'xtamga kelindi. Takidlanishicha, Dakardagi musobaqalarning 2026 yilga ko'chirilishi XOQ, Milliy Olimpiya qo'mitalari va xalqaro federaciyalarga o'z faoliyatlarini yaxshiroq rejalashtirish imkonini beradi. Tokiodagi 2020 yilgi Olimpiya o'yinlarining ko'chirilishi, shundan keyin yirik xalqaro musobaqalar muddatlarining o'zgartirilishi, shuningdek, sog'liqni saqlash sohasidagi global inqirozning moliyaviy oqibatlari sport sohasiga kuchli tasir ko'rsatmoqda.

Bu qaror Senegalga o'smirlar o'rtasidagi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlikni davom ettirish imkonini beradi. Har ikki rahbar Afrikada birinchi marotaba o'tkazilayotgan ilk Olimpiya tadbiri – o'smirlar Olimpiya o'yinlari katta muvaffaqiyat bilan o'tishiga to'liq ishonch saqlab qolayotganliklarini bildirdilar.

XOQ va Senegal rahbariyati bu yangilikdan juda ko'p yosh sportchilarning xafsalasi pir bo'lishini tushunadilar. Har ikki tomon faqat buni to'g'ri tushunishlariga umid qilmoqda.

“Bu bitim Senegal davlati va XOQ o'rtasidagi o'zaro ishonchdan dalolat beradi. Men Olimpiya harakatining katta do'sti va tarafdori prezident Maki Sallga ana shunday favqulodda ishonch va sifat munosabatlari uchun o'zimning samimiy minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Biz 2026 yilda Afrika qitasi va jahonning barcha yosh sportchilari uchun Dakarda misli ko'rilmagan o'smirlar Olimpiya o'yinlarini tashkil etamiz”, – deb bayonot berdi XOQ prezidenti Tomas Bax.

Bitim XOQ Ijroiya Kengashi tomonidan tasdiqlandi va ratifikaciya qilish uchun XOQ sessiyasiga taqdim etiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing