01 iyu 11:50
Yangiliklar

Dana Uayt Aleks Pereyraning og'ir vaznga o'tishiga munosabat bildirdi
"Gap menga uning qarorining yoqmasligida emas. Bu yigit birinchi o'rta vaznda jang qildi. Keyin yarimog'ir vaznga ko'tarildi. Bu vaznda u bir nechta jang o'tkazdi, chempionlik kamarini himoya qildi. Lekin bu yarimog'ir vaznda hammani tekislab o'tib ketdi va shu boisdan og'ir vaznga o'tayapti degani emas. Men hech narsa deya olmayman. Agar shuni istayotgan bo'lsa, marhamat og'ir vaznga o'tib, o'zini sinab ko'rsin. Aleks janggi 104 kg vazn bilan chiqdi. CHak Liddell va Forrest Griffin 104 kg vaznga ega bo'lib, 93 kg uchun vazn tashlashgan. Bu unchalik ham ko'p emas", - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, kecha Las-Vegasda o'tgan UFC 303 turnirining markaziy jangida Aleks Pereyra ikkinchi chempionlik himoya jangini o'tkazib, divizionning sobiq chempioni Irji Proxazkani ikkinchi raundda nokautga uchratgandi. Jangdan keyin Aleks o'zini og'ir vaznda sinab ko'rish istagida ekanini aytgan edi.
Fikrlar