11 iyu 15:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt Amanda Nunesning faoliyatini yakunlashiga munosabat bildirdi
UFC prezidenti Dana Uayt endilikda ikki vaznda sobiq tashkilot chempioni Amanda Nunesning professional sportdan ketganiga fikr bildirdi.
"Amanda juda ko'p rekordlarni yangiladi. U o'z qarorini elon qildi. Bu xabar meni o'ldirdi deya olmayman. Lekin ketganidan xursand ham emasman. Boshqa tomondan u meni xursand etadigan qarorlarni qabul qilmasligi kerak. U – buyuk chempion. Bu tomonlama u uchun xursandman", — dedi Dana.
Eslatib o'tamiz, bugun Vankuver (Kanada) shahrida o'tgan UFC 289 turnirining markaziy jangida Amanda Nunes raqibasi Irena Aldanani ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi. Jang yakunlanganidan so'ng u ikki kamari va qo'lqopini oktagon markaziga qo'yib, faoliyatini rasman tugatganini elon qilgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar