09 may 13:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt Islam Maxachevning keyingi raqibi haqida gapirdi
UFC prezidenti Dana Uayt Islam Maxachevning bo'lajak raqibi haqida gapirdi.
"Ha, men haliyam Islam Maxachev va Beniel Dariush jangini tashkil etmoqchiman. Ammo Jo Rogan tashqarida meni tutib oldi va bu ishni qilmasligimni so'ramoqda. U Maxachev va Oliveyra jangini o'tkazishga ko'ndirmoqchi.
Tan olaylik, Dariush - Maxachev jangi ajoyib to'qnashuv bo'ladi. Ularning har ikkisi ham "qotil". Ularning qaysi biri birinchi raqamli davogar bo'lishini ko'rishni istardim.
Lekin sizni aldamoqchi emasman. Bugun ko'rganlarimdan keyin Islamning Oliveyraga qarshi jangini ham inkor eta olmayman. Seshanbada shtabga qaytamiz. Bir necha ismlarni devorga ilamiz va ulardan nimadir chiqarish haqida o'ylaymiz", - dedi Uayt.
Havola :
Manba : UFC
Fikrlar