12 iyu 22:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt Israel Adesanyaga maslahat berdi
UFC prezidenti Dana Uayt Israel Adesanyaga boshqa vazn toifasiga o'tib jang qilish haqidagi maslahatini berdi.
"Arzirli raqib har doim topiladi. Ishonavering, men yaqinda shunday jangchi topamanki, muxlislar uni darhol Adesanya bilan jang qilishini xohlab qolishadi. SHu sababli ham Israel boshqa vaznga oshiqmay turgani maqul.
U o'rta vaznda jang qilaversin va bir necha jangdan so'ng boshqa vaznga o'tishni o'ylab ko'rar. Ammo, u o'rta vaznda qolib ushbu vazndagi barcha davrlardagi eng kuchli jangchi bo'lishi ham mumkin", -dedi Dana Uayt.
Eslatib o'tamiz, Israel Adesanya ertaga Marvin Vettori bilan jang qiladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar