12 iyu 12:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt: "Jeyk Pol UFC bilan shartnoma imzolashni istadi, men esa bunga yo'l qo'ymadim"
UFC prezidenti Dana Uayt bloger Jeyk Polni tanqid qildi.
Jurnalistlardan biri Jeyk Pol UFCni ommalashtirayotganligi haqida savol bergandi. Dana esa bunga norozi bo'ldi.
"Ey, bu yalangoyoq men uchun jang qilmaydi. Savolingni to'g'ri va aniq qilib ber. Jeyk UFC uchun jang qilmaydi. U jangchilarim gonararidan norozi bo'ladi. O'zi esa UFC bilan shartnoma imzolamoqchi edi. Biz uni o'zimizga olmadik", - dedi Dana Uayt.
Avvalroq, Jeyk Pol hech qachon UFC bilan shartnoma imzolash xohishi bo'lmagani haqida gapirgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar