08 may 16:16
Yangiliklar
Dana Uayt Konor Makgregorning qaytayotganini tasdiqladi
Uning jangi yaqin vaqt ichida rasman elon qilinishi mumkin.
Bu haqda UFC rahbari Dana Uayt malum qildi.
"Konor bilan hammasi joyida. Men uning bu yil jang qilishiga mutlaqo ishonaman. Uni to'liq tayyorlab, yana oktagonga qaytara olishimizga ham ishonchim komil. U mashg'ulot o'tkazyapti, internetda uning mashg'ulotlaridan videolar ham paydo bo'ldi. Hozircha hech narsani rasman elon qilmadik, ammo u shu yozda jang qiladi. Hech bo'lmasa shundan boshlaylik – u bu yozda oktagonga chiqadi", dedi UFC prezidenti.
Mish-mishlarga ko'ra, irlandiyalik jangchi 11 iyul kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 329 turnirining markaziy jangida ishtirok etadi. Uning ehtimoliy raqibi esa UFC’ning sobiq yarim engil vazn chempioni hamda sobiq BMF kamar sohibi, amerikalik Maks Xollouey bo'lishi mumkin.
Fikrlar