22 fev 09:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt Konor Makgregorning yangi jangi borasida bayonot berdi
UFC rahbari Dana Uayt liganing ikkita vazn toifasida sobiq chempioni Konor Makgregorning qaytishi haqidagi savollarga javob berdi.
"Makgregorga pul kerak emas. U yana jang qiladimi-yo'qmi, buni bilmayman. Konorda pul juda ko'p. Makgregorni qaytara olsak xursand bo'lamiz.
U yaqindagina bir filmda rol o'ynadi. Konorning aynan shu film bo'yicha majburiyatlari bor. U haqiqatan ham bu yil jang qilishni xohlayapti, lekin ko'ramiz, nima bo'lar ekan", - dedi Uayt.
35 yoshli Makgregor so'nggi jangini 2021 yilning iyul oyida amerikalik Dastin Porega qarshi o'tkazib, muddatidan oldin mag'lub bo'lgan edi.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar