02 iyu 07:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt: Konor yagona
UFC prezidenti Dana Uaytning fikricha, tashkilotning ikki vazn toifasida sobiq chempioni Konor Makgregorning o'rinini hech kim bosa olmaydi.
«Konor yagona, u bitta. Ko'pchilik mendan yangi Konor Makgregor paydo bo'ladimi deb so'rashadi. Ko'pchilik unga o'xshashga harakat qiladi. Lekin men aniq ayta olaman - Konordek sportchi boshqa chiqmaydi»,-dedi Uayt.
Malumot uchun, Konor Makgregor o'tgan yili Xabib Nurmagomedovdan qabul qilingan mag'lubiyatdan so'ng, hali ham oktagonga qaytgani yo'q.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar