09 iyu 07:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Dana Uayt Logan Polning UFC'ga o'tishi haqida gapirdi
UFC prezidenti Dana Uaytning fikricha, Floyd Meyvezer Logan Pol bilan jangdan so'ng faoliyatini tugatishi kerak.
"Men Floydning ketishini xohlagan bo'lardim. U ajoyib faoliyat olib bordi. Bunday janglarda ishtirok etishi esa juda ahmoqona ish.
Logan Pol UFC'da? Bilmadim, bilmadim. Biz MMA'dagi rekordi 0-0 bo'lgan jangchilar bilan shartnoma imzolamaganmiz, yana bilmadim", - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, Logan Pol va Floyd Meyvezer o'rtasidagi jangdan amerikalik afsona kafolatlangan 10 million dollar hamda translyaciyalar sotuvidan 50% foydani o'ziniki qilib oldi. Logan Pol esa 250 ming dollar miqdoridagi gonorar va 10% translyaciyalar foydasiga ega bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar