02 mar 16:41
Yangiliklar
![](/upload/storage/207929_220.jpg)
Dana Uayt Makgregor qanday holatda chempionlik jangida qatnashishi mumkinligi haqida gapirdi
"Ko'ramiz, engil vaznda ishlar qanday bo'lishini. Konor qaytganda kim chempion bo'lishiga ko'p narsa bog'liq. Bu savollarga chempionlar ham javob bera oladi. Agar bu yana Oliveyra bilan bog'liq bo'lsa, ehtimol, u Konor bilan jang qilishni xohlar. Ko'ramiz.
Uning qaytishi bilan bog'liq ko'plab variantlar bor, lekin birinchi navbatda, uning oyog'i va umuman sog'lig'ining holatidan kelib chiqish kerak. Barchasi 100% hal bo'lgandagina bir qarorga kelamiz",- deb aytib o'tgan Uayt o'z intervyusida.
Makgregor so'nggi jangini UFC 264 turnirida, liganing o'sha paytdagi vaqtinchalik chempioni Dastin Porega qarshi o'tkazgan. Jangning ilk raundida Makgregor oyog'ini sindirib olganidan so'ng, Pore g'oliblikni qo'lga kiritgan.
Fikrlar